Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 6 dekabrda «Jismoniy şaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kiriş va olib çiqib ketiş tartibini yanada soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» PF-5276 sonli Farmoni qabul qilingandi. Farmonga asosan, 2018 yil 1 yanvardan boşlab jismoniy şaxslar tomonidan ekvivalenti 2 000 AQŞ dollariga teng yoki undan oşmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyutani Özbekistonga olib kiriş yoki Özbekistondan olib çiqib ketişda yozma ravişda majburiy deklaratsiya taqdim etiş tartibi bekor qilindi.

Şuningdek, jismoniy şaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani Özbekistondan taşqariga olib çiqib ketiş ekvivalentda 5 000 (beş ming) AQŞ dollariga teng yoki undan oşmaydigan summa doirasida heç qanday ruxsatnomalarsiz amalga oşirilişi belgilab qöyildi.

Özbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qömitasi tarqatgan xabarga köra, ruxsat etilgan summadan oşiq mablağni mamlakat hududidan olib çiqiş uçun Markaziy Bank ruxsatnomasi talab etiladi. Belgilangan summadan ortiqça mablağni olib çiqib ketiş:

rezidentlar tomonidan – Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi asosida;

norezidentlar tomonidan – Özbekiston Respublikasiga kiriş çoğida töldirilgan yölovçi bojxona deklaratsiyasi asosida amalga oşiriladi, deklaratsiyada naqd xorijiy valyuta summasi olib çiqib ketiladigan naqd xorijiy valyuta summasidan kam bölmagan miqdorda körsatiladi.

Norezidentlar – respublikada belgilangan tartibda taşkil qilingan musobaqalar, tanlov va olimpiadalarning sovrindorlari yoki qatnaşçilari tomonidan belgilangan summadan ortiqça naqd xorijiy valyuta olib çiqib ketilayotganda naqd xorijiy valyuta olinganligining qonuniyligini tasdiqlovçi hujjat ular tomonidan uşbu naqd xorijiy valyutani olib çiqib ketiş uçun asos böladi.