«Real» klubi «PSJ» hujumçisi Neymarni yoşi ötib borayotgan Kriştianu Ronalduga örinbosar sifatida körmoqda.

Express naşri tarqatgan xabarga köra, madridliklar klubi moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmagan holda braziliyalik futbolçining transferini amalga oşiriş haqida öylamoqda.

«Real» Garet Beylni sotişdan tuşgan mablağning Neymar transferiga yetmasligini juda yaxşi tuşunmoqda. Şuning uçun ham klub agar zarurat tuğilsa, yarimhimoyaçi Toni Kroosni «PSJ» yoki «Mançester Yunayted»ga sotib yubormoqçi.

Transfermakt ma'lumotiga köra, Kroosning transfer narxi 80 mln yevroga teng.

Kroos joriy mavsumda klubi uçun 21 öyin ötkazgan va ikki gol urib, ikki golga uzatma bergan. Neymar esa Parij klubida 20 öyinda iştirok etgan va 18 gol urib, 3 golga hammualliflik qilgan.