Ispaniya Kubogining 1/8 finali doirasida 4ta uçraşuv bölib ötdi. Madridning «Atletiko» klubi «Leyda» maydoniga safar qildi va javobsiz 4ta gol urdi. Poytaxtliklar jamoasi safida gollarni Diyego Godin, Fernando Torres, Antuan Grizmann va Diyego Kosta urişdi.

Qayd etiş kerakki, Kosta uçun bu «Çelsi»dan qaytişidan keyingi «Atletiko» safida ötkazgan ilk uçraşuvida ilk golini urişi böldi.

«Alaves» «Formentera» maydonidan 3:1 hisobidagi ğalaba bilan qaytdi. Mehmonlarning bosniyalik hujumçisi Ermedin Demiroviç dubl qayd etdi, yana bir golni Munir El-Haddodiy urdi.

«Sevilya» «Kadis» mehmoni bölib, raqib darvozasini ikki bor işğol etdi. Vinçentso Montellaning debyuti muvaffaqiyatli çiqdi. Gollarni Nolito va Xesus Navas urişdi.

Yana bir uçraşuvda «Las-Palmas» «Valensiya»ni qabul qildi va ğalabani saqlab qola olmadi. Mezbonlarning argentinalik hujumçisi Xonatan Kaleri hisobni oçgandi, 85-daqiqada Rodrigo hisobni tenglaştirdi — 1:1.

Javob uçraşuvlari 9-11 yanvar kunlariga belgilangan.

Ispaniya Kubogi
1/8 final
Birinçi uçraşuvlar
Leyda Esportiu – Atletiko 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 33 Godin, 0:2 – 37 Torres, 0:3 – 69 Diyego Kosta, 0:4 – 90 Grizmann.
Leyda Esportiu – Oliveros, Satrustegi, Bande, Nunes, Raduloviç, Pumar (Lopez, 63), Molina (Feliks, 64), Xose Luiz Valente, Trilles, Mustafo, Agudo (Martinez, 71).
Atletiko – Moyya, Ximenes, Lyuka Ernandes, Xuanfran, Godin, Saul, Fernandes, Ferreyra Karrasko (Vitolo, 59), Korrea (Diyego Kosta, 64), Gameyro, Torres (Grizmann, 65).
Ogohlantirişlar: Trilles (68), Rivas (80).
Çetlatiş: Trilles (90).

Las-Palmas – Valensiya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 36 Kaleri, 1:1 – 85 Rodrigo.
Las-Palmas – Çiçisola, Simon, Bigas, Galves, Borxa Errera (Ximo Navarro, 73), Serdji Samper (Toledo, 88), Akvilani (Kastelyano, 63), Viyera, Momo, Dominges, Kaleri.
Valensiya – Domenek, Toni Lato, Ruben Vezu, Montoyya, Garay, Pereyra (Rodrigo, 59), Kondogbia (Parexo, 46), Maksimoviç, Naço Xil, Dzadza, Santi Mina (Gonsalu Gedeş, 66).
Ogohlantirişlar: Galves (62), Dzadza (76), Ximo Navarro (78), Kaleri (90).

Kadis – Sevilya 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 9 Nolito, 0:2 – 23 Navas.
Kadis – Yanes, Vilyanueva, Olivan, Korrea, Mauro Lopes, Fernandes, Xon Garrido, Aytor Garsiya (Garsiya Rivera, 70), Perea, Barral (Salva Sançes, 70), Traore (Niko Idalgo, 82).
Sevilya – Riko, Ker, Eskudero, Korşya, Langle, Nzonzi, Pisarro, Banega (Vaskes, 73), Navas (Sarabiya, 85), Nolito, Muriel (Ben-Yyedder, 66).
Ogohlantirişlar: Vilyanueva (1), Ker (2), Mauro Lopes (30), Langle (39), Aytor Garsiya (47).

Formentera – Alaves 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 36 Demiroviç, 1:1 – 57 Roza, 1:2 – 65 Demiroviç, 1:3 – 81 Munir.
Formentera – Markos, Antonio, Riyera, Fernandes, Omar (Bruno, 74), Gonsalez, Kesada, Bonilla (Krespo, 68), Roza, Munez, Gabriyel (Oyyeda, 68).
Alaves – Sivera, Eli, Maripan, Diyeges, Medran (Manu Garsiya, 65), Torres, Mubarak, Ibai Gomes (Munir, 74), Lopez, Demiroviç (Agirregabiria, 78), Sobrino.