Qozoğistonning Olmaota şahrida uyi yöq, daydi şaxslarga möljallangan markazda taniqli fizik olim, köplab ilmiy işlar muallifi, 72 yoşli Safarboy Arinov ham yaşayapti, deb xabar bermoqda Almaty.tv telekanali.

Erkakning sözlariga köra, markazga tasodifan kelib qolgan hamda qolgan umrini kitob yozişga bağişlaşga qaror qilgan.

«Yöq, bu şunçaki tasodif. Men bunday muassasa borligini bilmasdim ham. Biroq menga maslahat berganlarida, u yerda yaxşi ekani, taomlari mazali, tozaligini aytişdi. Qişda odamga boşpana kerak, men uçun hozirgi payt esa – xotirjamlik eng yaxşi narsa», - deya aytib ötdi Safarboy Arinov telekanalga.

Avval u öğli bilan Issiq posyolkasida yaşagan. Biroq kelini bilan janjallaşib qolib, uydan çiqib ketişga qaror qildi. U Olmaotaga kelganida esa, bezorilar tunab hamda kaltaklab ketişdi. Şifoxonadan çiqqaç, u uşbu markazga kelgan. Arinovning tört nafar nabirasi bor hamda ularni körgani borib turadi.

«Nabiralar – bu umuman boşqa narsa. Albatta, bu boşqa avlod, ular bilan qiziq. Men bolalarni juda yaxşi köraman. Bolalar – bizning aholimizning eng toza qismi, ular heç narsani tama qilişmaydi, ular bilan suhbatlaşib, özingni yaxşi his eta boşlaysan», - deydi u.