Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 3 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida Vazirlar Mahkamasi komplekslari faoliyatini tahlil qiliş va yangi ustuvor vazifalarni belgilaşga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Yiğilişda Boş vazir va uning örinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatçilari, vazirlik, idora va xöjalik birlaşmalari rahbarlari iştirok etdi. 

Ma'lumki, davlat rahbarining 2017 yil 27 noyabrdagi “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq, hukumat apparati qayta şakllantirilgan edi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Ta'lim, soğliqni saqlaş, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi hamda Investitsiyalar, innovatsion rivojlantiriş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiriş, turizm masalalari kompleksi taşkil etilgandi. 

Yiğilişda mazkur ikki kompleksning ötgan davrdagi faoliyati tahlil qilinib, 2018 yilga möljallangan rejalari va eng ustuvor vazifalari muhokama etildi. 

Prezident kun tartibidagi masalaga tanqidiy yondaşib, aksariyat taşkilotlar öz faoliyatini zamon talablari darajasida taşkil eta olmayotgani, qabul qilingan qaror va dasturlarni bajarişda sustkaşlikka yöl qöyayotganini ta'kidladi. 

Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarni, ijro organlari işidagi özgarişlarni joylarda odamlar sezişi kerak. Buning uçun quyi böğindagi işlar samaradorligini oşiriş, oddiy odamlarning dardi va taşvişi bilan yaşaş barça rahbar va mutasaddilar faoliyatining asosiy mezoniga aylanişi zarur, dedi Şavkat Mirziyoyev. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi zamonaviy davlatçiligimizda ulkan özgariş yasagan tarixiy voqea böldi. Unda 2017 yilda amalga oşirilgan asosiy işlar yakuni bilan birga mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirişga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi, bir qança qonunçilik taşabbuslari ilgari surildi. 

Bu Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar zimmasiga qator vazifalar yuklaydi.

Yiğilişda Ta'lim, soğliqni saqlaş, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi hamda Investitsiyalar, innovatsion rivojlantiriş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiriş, turizm masalalari kompleksining Murojaatnomadan kelib çiqadigan vazifalari haqida söz yuritildi. 

Amalga oşirilgan işlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi. 

Maktabgaça ta'lim tizimini rivojlantiriş, maktab ta'limi sifatini oşiriş, test sinovlari va oliy öquv yurtlari faoliyatini takomillaştiriş, sportçilarning bölğusi musobaqalarga tayyorlaş borasidagi işlarga e'tibor qaratildi. Soğliqni saqlaş tizimini yaxşilaş, farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş bilan boğliq vazifalarga töxtalib ötildi. 

Yiğilişda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining barqaror rivojlanişini ta'minlaş, jumladan, qat'iy pul-valyuta siyosatini yuritiş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari faoliyatini kuçaytiriş, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etiş, zamonaviy sanoat korxonalari barpo etiş, yangi iş örinlari yaratiş, mahalliy byudjyetlarning daromad bazasini kengaytiriş kabi masalalar atrofliça muhokama qilindi. 

Prezidentimiz joriy yilda amalga oşirilgan işlarni çuqur tahlil qiliş asosida erişilgan yutuqlarni yanada mustahkamlaş, yöl qöyilgan kamçiliklarning takrorlanmasligi uçun barça zarur çoralarni köriş, 2018 yilda bajariladigan aniq vazifalar böyiça tegişli körsatma va topşiriqlar berdi.