Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda «AKFA MEDLINE» MÇJ taklifiga asosan Özbekistonda Koreya Respublikasining yetakçi oliy tibbiy ta'lim muassasalaridan birining faoliyati taşkil etiladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidentining «Xususiy tibbiyot taşkilotlarini yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça şart-şaroitlarni yaratiş töğrisida»gi qarorida ma'lumot berilgan.

Ma'lum qilinişiça, Koreya Respublikasining ilğor klinikalari va tibbiyot markazlarining diagnostika, davolaş, servis va menejyement masalalari böyiça tibbiy xizmat körsatiş tajribasini örganiş va Özbekistonda tibbiyotga joriy etiş uçun ular bilan hamkorlik yölga qöyilişi rejalaştirilmoqda.

Bundan taşqari, Koreya Respublikasining tibbiyot markazlari va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda «AKFA MEDLINE»​ MÇJ xususiy klinikasi negizida tibbiyot muassasalarini rivojlantiriş va mahalliy tibbiyot kadrlari malakasini oşiriş Markazini taşkil etiş kutilmoqda.

Şuningdek, «AKFA MEDLINE»​ MÇJning hududiy filiallarini taşkil etiş böyiça taklif ham Şavkat Mirziyoyev tomonida ma'qullangan. Uşbu takliflarni amalga oşiriş böyiça dastur loyihasi tasdiqlanişi uçun 2018 yil yanvar oyida Vazirlar Mahkamasiga kiritilişi belgilangan.

Qarorda ta'kidlanişiça, har bir hudud uçun 1 million AQŞ dollari miqdorda resurslar hajmini nazarda tutgan holda, «Asaka» ATB qoşidagi nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasining 14 million AQŞ dollari miqdordagi mablağlari şakllantiriladi.