Bugun Toşkent viloyatida xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötmoqda. Sessiyada iştirok etayotgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hokimlarning vazifa va majburiyatlari özgartirilişi haqida gapirgan.
«Hokimlar paxta bilan şuğullanmaydi. Ta'lim va ma'naviyat bilan maşğul böladi. Paxtani klaster tizimi orqali ekamiz. Bu yil viloyatdagi 4ta tumanda klaster böladi», deya prezidentning sözlarini keltirgan «Xabar.uz».
Prezident şuningdek, Toşkent viloyatidagi muammolar, ularni hal etiş yöllari haqida gapirgan, mas'ullarga bu borada tegişli topşiriqlar bergan.
«Viloyatning 7 ta şahridagi muammolar bilan Boş vazir va Toşkent şahar hokimi şuğullanadi. Şaharlar ularga böysunadi. Agar şundayam özgariş bölmasa, viloyatni ikkiga bölaman. Viloyatdagi şaharlar Toşkent şahridagi rahbarlarga böysunadi. Sektor rahbarlari har kuni Boş vazirga axborot beradi. Hamma işning tagida xalqni rozi qiliş turadi. Agar rahbarlar yana viloyat hokimi atrofida uyuşmasa, viloyat ikkiga bölinadi», deb aytgan Özbekiston rahbari.
Prezident videoselektor davomida Respublika Boş prokurori va Içki işlar vaziriga viloyat prokurori hamda viloyat içki işlar boşqarmasi boşliğini işdan oliş haqida topşiriq bergan.
Şuningdek, Toşkent viloyatidagi 4ta tumanning soliq va moliya bölimlari rahbarlari yoppasiga işdan ketişi ma'lum qilingan.
Prezident mahalliy byudjyetni önglaş haqida kuyunib gapirgan.
«Mahalliy byudjyetga soliq tuşumini bajarmagan 4ta tumanning soliq va moliya bölimlari rahbarlari yoppasiga işdan ketadi. Internetda e'lon qil, ularning örniga odam top!», deya davlat rahbarining sözlari keltirilgan xabarda.









