Yamanning isyonçi-husiyçilar bilan otişmada öldirilgan sobiq prezidenti Ali Abdulla Solihning «Butunumum xalq kongressi» (BXK) partiyasi yangi yetakçini tanladi, yangi rahbar Solihning safdoşi va partiya rahbarining örinbosari Sodiq Amin Abu Ras, deb xabar qiladi RIA Novosti muxbiri.

Partiyaning boş kengaşi Abu Rasning saylaş haqidagi qarorni bir ovozdan qabul qildi. BXKning boş kotibi xususidagi saylov keyinroq ötkaziladi, hozirça partiyaning bir neça rahbarlari birgalikda bu lavozimni egallaşgan.

Abu Ras Solih hukmronligi çoğida Yaman hukumatida turli lavozimlarda işlab kelgan. 2011 yilda «arab bahori» çoğida Sanadagi prezident qarorgohi raketa hujumiga uçraganida u Solih bilan birga jabrlangan. Mamlakatda boşlangan noroziliklar Solihning iste'foga çiqişiga olib keldi va 2012 yilda hokimiyat tepasiga vitse-prezident Abdurobbu Mansur Hodiy kelişi bilan yakun topdi.

Ali Abdulla Solih 2017 yilning 4 dekabrida hokimiyat bilan qarama-qarşiliklarda yaqin-yaqingaça ittifoqçilari bölib kelgan şialarning «Ansorulloh» harakatidan isyonçi-husiyçilar bilan ziddiyat oqibatida öldirildi. Öşa otişmada BXK boş kotibi Orif az-Zuqa ham halok böladi.

Yamanda husiyçilar va prezident Abdurobbu Mansur Hodiy boşçiligidagi hokimiyat örtasida fuqarolik ziddiyati 2014 yildan buyon davom etmoqda.