Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning aytişiça, uning davlati Janubiy Koreya bilan birlaşişda ilgarilaşga imkon beruvçi siyosatni yuritişi lozim. Uning fikriça, Şimol va Janub “ötmişni kovlaştirmay”, birlaşişi lozim.
Şu munosabat bilan Kim Çen In Janubiy Koreya bilan munosabatlarni yaxşilaş uçun barça zarur şaroitlarni yaratişga körsatma berdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.
“Davlatimiz Janubiy Koreya bilan birlaşişda ilgarilaşni amalga oşirişga imkon beruvçi siyosatni qat'iyatlik bilan yuritişi kerak. Ötmişni kovlaştirmaslik va Seul bilan munosabatlarni eslamaslik darkor. Buning örniga Şimol va Janub örtasidagi aloqani yaxşilaş lozim. Koreya yarimorolida keskinlikni avj oldirişni töxtatiş uçun koreys xalqi sa'y-harakatlarini birlaştiriş vaqti keldi. Gap millatni yaraştiriş va uning köngilli tarzda birlaşişi haqida ketmoqda”, deyilgan xabarda.
Şimoliy Koreya yetakçisining aytişiça, Şimol va Janub örtasida aloqalar va hamkorlikni qöllab-quvvatlaşga turli nomaqbul bahonalar, huquqiy va siyosiy vajlar tösqinlik qilmoqda.
Kim Çen In yangi yil tabrigida Şimoliy Koreyaning Pxyonçangdagi Olimpiadada iştirok etişi va bu borada muzokaralar ötkazişga tayyorligi istagani bildirgan. U şu bilan birga Pxenyan milliy yadroviy kuçlardan voz keçmasligini aytgan. Olimpiya öyinlari taşkiliy qömitasi Şimoliy Koreyadagi portga u yerdan mingga yaqin şimoliy koreyalik sportçilarni olib keliş uçun kruiz kemasini jönatişga tayyorligini ma'lum qilgan.
Keyinroq Janubiy Koreya umumiy çegarada joylaşgan Pxanmunjomda muzokaralar ötkazişni taklif qilgan. Şimoliy Koreya 5 yanvarda Seulning taklifini qabul qilganini ma'lum qilgan. Muzokaralar 9 yanvarda Pxanmunjomda ötişi kerak. Tomonlar Şimoliy Koreya terma jamoasining Olimpiadada iştirok etişini va yarimoroldagi vaziyatni muhokama qilişmoqçi.












