Eronning Şeroz şahriga taşrifi davomida namoyişlarni qöllab-quvvatlaganligi uçun sobiq prezident Mahmud Ahmadiynajod hibsga olingan, deb xabar beradi «Al-quds-ul arabiy» gazetasi Tehrondagi manbalariga tayanib. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Naşrning ma'lumotlariga köra, hukumatning bunday qarorga kelişi sabab Ahmadiynajodning Buşahr şahridagi bayonotlari«tartibsizliklarga çorlaş» ölaroq baholangani bölmoqda.

Payşanba kuni Buşahr şahri aholisi oldida çiqiş qilgan Ahmadiynajod mamlakatning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy hamda hukumatni qattiq tanqid ostiga olgan va ularni xalq muammolaridan uzoqlaşiş, «yomon boşqaruv», «jamoatçilik boyliklariga monopoliya»ni uzlaştirganlikda ayblagan.

Naşr ma'lumotlariga köra, siyosatçining hibsga olinişi Islom respublikasi oliy rahbari Ali Xomanaiyning ma'qullovi bilan amalga oşirilgan.

Konservator hisoblanuvçi Ahmadiynajod prezidentlik lavozimini ikki muddat ketma-ket — 2005 yildan 2013 yilgaça egallagan. 2009 yilda — uning saylovdagi ikkinçi ğalabasidan söng mamlakatda norozilik namoyişlari bölib ötgan edi.

Eronning yirik şaharlarida 28 dekbardan buyon ommaviy norozlik aksiyalari bölib ötmoqda. Namoyişçilar hukumatdan mavjud iqtisodiy vaziyatni önglaşni talab qilib çiqişmoqda.

Tehrondagilarning fikriça, namoyişlar içki muammolar sababli vujudga kelganini rad etmasdan, şuningdek, unga AQŞ, Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni tomonidan kömak berilayotganini ta'kidlaşmoqda.

Namoyişda 20 dan ziyod kişi qurbon bölgan, yuzdan ortiq kişi hibsga olingan.