Yamanlik husiylar ular tomondan öldirilgan, mamlakatning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Saloh partiyasi “Umumiy xalq kongressi”ga qurultoy ötkazişga tösqinlik qildilar. Qurultoy 7 yanvarda ötkazilişi kerak edi. Bu haqda partiyaning yuqori lavozimli a'zosiga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Partiya markaziy qömitasi qurultoyida partiya boşliği lavozimini bajaruvçi tanlanişi va husiylar (Ansor Alloh) bilan keyingi hamkorlik böyiça qaror qabul qilinişi kerak edi.
“Yakşanba ertalabga belgilangan yiğiliş jangarilarning qurultoy ötkaziladigan joyga hujum qilişi tahdidlari sababli qoldirildi. Ular “Ansor Alloh” bilan hamkorlik töxatilişi kabi muhim qarorlar qabul qilinişidan qörqib, yiğiliş ötkazilişiga tösqinlik qilişmoqda”, deb aytgan manba.
Noyabr oxirida husiylar va Saloh örtasida kelişmovçilik çiqqan. Bu esa ular orasida parçalaniş yuzaga kelişi va 4 dekabrda husiylar bilan otişmada Salohning halok bölişiga olib kelgan.












