7-oktabr kuni husiyçilarning Saudiya Arabistonidagi ikki yirik aeroportga bergan zarbalari – Yamanda qayta boşlangan uruşni yanada keskinlaştirdi. Saudiya hukumati maʼlumotiga köra, hujumlar Ar-Riyoddagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti va janubdagi Abha xalqaro aeroportiga uyuştirilgan. Husiyçilar harbiy vakili Yahyo Sari çorşanba kuni guruh har ikki aeroportga raketa yoki dronlar bilan hujum qilganini tasdiqladi.

Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi aeroportlarga hujumlar seşanba va çorşanba kunlari sodir bölganini maʼlum qildi. Biroq qaysi aeroport qaçon zarbaga uçraganiga aniqlik kiritmadi. Qirollik bayonotiga köra, Abhada ikki ayol halok bölgan va 28 kişi jarohatlangan, Qirol Xolid aeroportida esa bir sudanlik erkak halok bölgan va sakkiz kişi yaralangan.

Qirollik eʼlon qilgan qurbonlar sönggi yillarda poytaxt Ar-Riyoddagi aeroportda tasdiqlangan ilk ölim holati böladi. New York Times'ning yozişiça, bu hujumlar çegaraning har ikki tomonida bundan ham şiddatli janglar boşlanişidan darak berişi mumkin. Çunki, ayni paytda Yaman hukumati husiyçilarga qarşi uruş eʼlon qilgan va strategik ahamiyatga ega hududlarni qaytarib oliş uçun harbiy operatsiyani davom ettirmoqda. Yaman kuçlarini Saudiya harbiy samolyotlari havodan qöllab-quvvatlamoqda.

"Menimça, saudiyaliklar hozirgaça qilganidan ham tajovuzkorroq javob qaytarişini köramiz", dedi Chattam House tadqiqot markazining Yaman böyiça mutaxassisi Farea al-Muslimiy naşrga.

Saudiyaning zarbalari va ittifoqçilar aralaşuvi

Saudiya Arabistoni boşçiligidagi harbiy koalitsiya aeroportlarga berilgan zarbalarga javoban husiyçilarning harakati “jazosiz qolmasligi”ni taʼkidladi. Xususan, koalitsiya Saʼda, Hudayda, Javf va Maʼrib viloyatlarida husiyçilarning 80 dan ortiq harbiy obyektiga zarba bergan. Husiyçilar bu bayonotga munosabat bildirmadi.

Endilikda Saudiya Arabistoniga harbiy yordam körsatiş uçun Makka pakti işga tuşirilgaç, janglarga boşqa tomonlar ham tortilişi mumkin.

Ismini oşkor qilmaslik şarti bilan NYT'ga gapirgan Pokistonning yuqori martabali harbiy amaldori