Liviya sohillari yaqinida 6 yanvarda muhojirlar qayiğining falokatga uçraşi oqibatida halok bölganlar soni 64 nafarga yetdi. Bu haqda Xalqaro migratsiya taşkiloti vakili Flavio di Jakomo ma'lum qildi.
“Şanba kuni yuz bergan falokatda 64 muhojir hayotdan köz yumdi. Omon qolganlarning aytişiça, rezina qayiq bortida 150 kişi bölgan. 86 kişi omon qolgan”, deb yozgan di Jakomo tvitterda.
2018 yilda Örta dengizida yuz bergan birinçi kema falokatidan keyin qutqaruv operatsiyasi Yevropa Ittifoqining Eunavfor harbiy-dengiz missiyasi patrul samolyoti Liviya suv hududlarida falokatga uçragan qayiqni aniqlangandan keyin boşlangan.
Muhojirlarni Afrikadan Örta yer dengizi orqali Yevropaga yetkaziş yönalişlarini nazoratga oliş va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraş Italiya hukumatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Buning evaziga 2017 yilda Italiyaga kelgan muhojirlar soni 34 foizga kamayib, 119 ming kişini taşkil qilgan.












