Lyft taksi xizmati, Airbnb turar-joy ijara servisi va boşqalar VentureBeat naşrining IPO (Initial Public Offering - aksiyalarni dastlabki ommaviy joylaştiriş)ga çiqişga tayyor texnologik kompaniyalar röyxatidan örin oldi.
Naşrda ta'kidlanişiça, 2017 yilda ötkazilgan IPO hajmi 2016 yilga nisbatan sezilarli darajada ösgan - 2017 yilda AQŞning 37 AT-kompaniyasi öz aksiyalarini birjaga joylaştirdi va 9,9 milliard dollar jalb qildi, 2016 yilda esa umumiy summasi 2,9 milliard dollarni taşkil qiluvçi 21 IPO ötkazilgan edi. Biroq bozorda hali-hanuz turğunlik davom etmoqda: masalan, 2014 yilda AQŞda umumiy summasi 32,9 milliard dollarni taşkil qiluvçi 56 IPO ötgan.
2018 yilda vaziyat özgarişi mumkin: Renaissance Capital kompaniyasi ma'lumotlariga köra, kamida 50 yirik xususiy kompaniya banklarni tanlab, aksiya joylaştirişga ariza topşirib bölgan va birjaga çiqişga tayyorgarlik körmoqda. CB Insights tahlil kompaniyasi hisob-kitoblariga köra esa, 2018 yilda 350dan ziyod kompaniya IPO ötkazişga tayyor. Ularning bari jami 100 milliard dollar investitsiya jalb qilgan.
VentureBeat röyxatiga Renaissance Capital va CB Insights prognozlaridan Amerikaning 12 yirik kompaniyasi kiritildi:

Lyft taksi servisi. 4,1 milliard dollar investitsiya jalb qilgan, qiymati 11,5 milliard dollarga yetgan. 2017 yilda asosiy raqibi — Uber'ning rivojlanişi sekinlaşgani hisobiga tezroq ösişga muvaffaq böldi.

Dropbox bulut servisi. 600 million dollar investitsiya jalb qilgan. 10,4 milliard dollarga baholanadi. OAV ma'lumotlariga köra, 2017 yilda EBITDA'da ijobiy körsatkiçlarga erişgan.

Aden tölov kompaniyasi. 266 million dollar investitsiya jalb qilgan. 2,3 milliard dollarga baholanadi.

Cambium Networks simsiz uskunalar işlab çiqaruvçisi. Investitsiyalar hajmi va kompaniya bahosi noma'lum. Renaissance Capital kompaniyani 2018 yilda IPO ötkaziş ehtimoli yuqori bölgan nomzodlar qatoriga qöşgan.

Zscaler bulut platformasi. 138 million dollar jalb qilgan. 1,1 milliard dollarga baholanmoqda. VentureBeat versiyasiga köra, kompaniya IPO ötkaziş uçun juda qulay vaziyatda.

Airbnb uy-joy ijara servisi. 3,4 milliard dollar jalb qilgan, 31 milliard dollarga baholanmoqda. Eng qimmat xususiy kompaniyalardan biri. VentureBeat'ga köra, yagona muammo startapning investorlarning işonçini qozoniş uçun yetarliça regulyator tösiqlaridan öta olgan yo olmaganida.

Pinterest tavsiya qiluvçi servisi. 1,4 milliard dollar jalb qilgan. 12,3 milliard dollarga baholanadi.

Qualtrics tahliliy platformasi. 400 million dollar jalb qilgan. 2,5 milliard dollarga baholanmoqda.

Domo tahliliy platformasi. 960 million dollar jalb qilgan. 2,3 milliard dollarga baholanadi.

Reklama kampaniyalarini optimizatsiyalovçi AppNexus platformasi. 600 million dollar jalb qilgan. 10,4 milliard dollarga baholanadi.

Zuora SaaS-kompaniyasi. 242 million dollar jalb qilgan. 1 milliard dollarga baholanadi. CB Insights versiyasiga köra, 2018 yilda IPO ötkaziş ehtimoli eng yuqori bölgan beş kompaniya qatoriga kiritilgan.

Credit Karma moliyaviy konsultanti. 368 million dollar jalb qilgan. 3,5 milliard dollarga baholanmoqda. CB Insights versiyasiga köra, 2018 yilda IPO ötkaziş ehtimoli eng yuqori bölgan beş kompaniyaning yana biri.











