Özbekiston davlat kompaniyalari aksiyalarini xalqaro investorlarga taklif qilmoqda. Bu jarayonda ularning qiymatini oşiriş, investorlar işonçini qozoniş va davlat aktivlarini kapital bozoriga olib çiqiş vazifasi Franklin Templeton zimmasidagi muhim yönalişlardan biri.

Kun.uz Franklin Templeton kompaniyasining Markaziy Osiyo böyiça boş direktori Marius Dan bilan kompaniya davlat aktivlarini boşqariş va xususiy investorlar oldidagi majburiyat örtasida qanday muvozanatga erişişi, kompaniyaga qanday haq tölanişi va portfeldagi kompaniyalar nega 18 tadan 13 taga qisqartirilgani haqida suhbatlaşdi.

17-sentabr kuni Toşkentda Özbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamğarmasi (UzNIF) aksiyadorlarining navbatdan taşqari umumiy yiğilişiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda UzNIFning IPOdan keyingi natijalari, Jamğarma faoliyati va Özbekiston kapital bozorining rivojlaniş istiqbollari muhokama qilindi.

Kun.uz tadbir doirasida Franklin Templeton kompaniyasining Markaziy Osiyo böyiça boş direktori va “Franklin Templeton Asset Management” MÇJ xorijiy korxonasi boş direktori Marius Dan bilan suhbatlaşdi.

– UzNIF davlat aktivlarini boşqariş bilan bir qatorda xususiy investorlar oldida ham majburiyatlarga ega. Portfel kompaniyalaridan olinadigan yuqori dividendlar davlat byudjetiga foyda keltirişi mumkin, kompaniyalarda kapitalni saqlab qoliş esa ularning ösişini taʼminlaşga xizmat qiladi. UzNIF uşbu ikki manfaat örtasidagi maqbul muvozanatni qanday belgilaydi?

– Hozirgi bosqiçda UzNIF uçun amal qiladigan siyosat va tartiblarga köra, portfel kompaniyalari foydaning kamida 50 foizini dividend sifatida tölaşi kerak. Bu, aslida, siz aytgan ikki jihat - kompaniyalarning qayta investitsiya qilişi zarurati va ayni paytda UzNIF hamda portfel kompaniyalaridagi aksiyadorlarning öz investitsiyalaridan daromad olişi - örtasidagi muvozanatni aks ettiradi.

Albatta, biz har bir kompaniya bilan individual tarzda işlaşga doim tayyormiz. Yuqorida aytganingizdek, agar kompaniyaning katta investitsiya rejasi bölsa yoki muayyan qiyinçiliklarga duç kelsa, biz öşa kompaniya rahbariyati va kuzatuv kengaşi bilan birgalikda dividend tölovlarining maqbul darajasini belgilaymiz - bu körsatkiç pastroq ham, yuqoriroq ham bölişi mumkin.

Ammo, menimça, muhim jihat şundaki, fondning IPOcida iştirok etgan investorlar dastlab dividend masalasiga asosiy eʼtibor qaratmagan. Bu masala keyingi ikki-uç yil içida dolzarb böladi. Investorlarni, avvalo, bir tomondan Özbekiston, ikkinçi tomondan esa fond portfelidagi kompaniyalar va ular faoliyat yuritayotgan tarmoqlar qiziqtirgan.