Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tasdiqlanişi rejalaştirilgan loyihaga köra, 2018 yil 1 iyuldan amaldagi milliy biometrik pasportni xorijga çiqiş pasporti sifatida e'tirof etiş kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Bugun, 9 yanvardan umumxalq muhokamasiga taqdim etilgan «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» davlat dasturi loyihasida ta'kidlanişiça, mazkur özgariş bilan Özbekiston hududida yaşaş, harakatlaniş uçun fuqarolik pasporti örniga şaxsni tasdiqlovçi ID – identifikatsiya kartasini joriy etiş nazarda tutiladi.​

Ma'lumot uçun, Fuqarolarning xorijga çiqiş tartib-taomillarini soddalaştiriş böyiça tadbir​ 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi doirasida Içki işlar vazirligi, Boş prokuratura, Adliya vazirligi, Taşqi işlar vazirligi hamda Davlat personallaştiriş markazi tomonidan amalga oşirilişi belgilangan.

Eslatib ötamiz, 2011 yildan buyon berilayotgan amaldagi pasport amaliy jihatdan çet elga çiqiş pasporti hisoblanib, köplab fuqarolar va ekspertlar ikkinçi pasportning joriy etilişiga qarşi munosabat bildirib, ID-kartalarni yoqlab çiqişgan edi.