Rossiya fuqarolari biometrik bölmagan xorijga çiqiş pasportlari bilan endi Litva hududiga kira olmaydi. Bu haqda mamlakat Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, bunday qaror taşqi siyosiy idora va Içki işlar vazirligi bilan birgalikda qabul qilingan.

Ta’kidlanişiça, nobiometrik pasportlarni soxtalaştiriş nisbatan oson. Ularning hisoblaşiça, bunday hujjatlar Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan çet eldagi operatsiyalarini amalga oşirişda foydalanilişi mumkin.

RF fuqarolari 2025 yil 1 iyundan nobiometrik pasport bilan Litvaga kira olmaydi. Istisno tariqasida «demokratik kuçlar vakillari, rejimga muxolif şaxslar, mustaqil OAV va jamoatçilik vakillari» agar, «ularning safar maqsadi Litva manfaatlariga mos kelsa» — bunday turdagi pasport bilan Litvaga kirişlariga ruxsat etiladi. Şu bilan birga, bu kabi holatlarning har biri individual tartibda körib çiqiladi.

Litva yoki Yevroittifoq, Yevropa iqtisodiy zonasi yoki Şengen kelişuvi tarkibidagi boşqa davlatlarda yaşovçi RF fuqarolari nobiometrik pasport bilan 2025 yil 1 dekabrga qadar mamlakatga kira oladi.

Yangi qoida Rossiya fuqarolarining Kaliningraddan temiryölda Litva hududi orqali tranzit ötişiga taalluqli emas.

Yevroittifoqda çet el fuqarolari taqdim etişi kerak bölgan hujjatlar mamlakatlar darajasida qabul qilinadi. Oldinroq Çexiya, Estoniya, Fransiya, şuningdek, Daniya va Islandiya ham nobiometrik RF pasportlari qabul qilinişi töxtatilişini e’lon qilgandi.

Rossiya fuqarolari xorijga çiqiş pasportini özlari tanlaşi mumkin — biometrik yoki nobiometrik. Biometrik ma’lumotlarsiz pasportlar qisqaroq muddatda tayyor böladi va ularning tölovi kamroq. Nobiometrik pasportlarni Rossiya diplomatik vakolatxonalari taqdim etişi mumkin, biometrik pasportlar esa Rossiyada tayyorlanadi va diplomatik poçta orqali yuboriladi.