Markaziy bank boşqaruvining qarori bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga özgartişlar kiritildi. Unga muvofiq, mijozlarni identifikatsiya va autentifikatsiya qiliş jarayonida foydalaniladigan jismoniy şaxslarning biometrik ma’lumotlari Özbekiston hududida saqlanişi majburiy etib belgilandi.
Yangi talab tölov tizimlari operatorlari, tölov xizmatlarini yetkazib beruvçilar, faktoring elektron platformalari hamda kredit byurolari faoliyatiga tatbiq etiladi.
Şu bilan birga, hujjatda mijozlarga tegişli biometrik bölmagan boşqa turdagi şaxsga doir ma’lumotlar «Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida»gi qonun talablariga muvofiq Özbekiston hududidan taşqarida ham saqlanişi va ularga işlov berilişi mumkinligi qayd etilgan.
Markaziy bank qarori Adliya vazirligida 2026-yil 1-avgust kuni davlat röyxatidan ötkazilgan bölib, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kirgan.

















