2017/2018 öquv yilining ikkinçi semestri davomida Oliy ta'lim muassasalarida tölov-şartnomasi şaklida tahsil olayotgan talabalar uçun tölov summasi özgarişsiz qoldirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Moliyalaştiriş va buxgalteriya hisobi boşqarmasi boşliği Sarvarxon Buzrukxonovning ma'lum qilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan oziq-ovqat mahsulotlari turlari bilan kafolatli ta'minlaşning keçiktirib bölmaydigan çoralari töğrisida»gi qaroriga asosan 2017/2018 öquv yillarida tölov-şartnoma asosida oliy ta'lim muassasalarida öqiş (bakalavriat, magistratura) bahosi 2016/2017 öquv yillari darajasida saqlanib qolinadi.
Eslatib ötamiz, qöşimça rejaga binoan qabul qilingan talabalar oliy ta'lim muassasasidagi birinçi öquv yilini tugatgandan söng, keyingi öquv yilidan boşlab amalda örnatilgan bazaviy tölov-kontrakt miqdori asosida öqişini davom ettirişi xabar qilingandi.












