Peterburgda "Anakonda" maxsus amaliyoti doirasida bitalar va töpponçalarga ega, bosqinçilikda gumonlangan beş nafar şaxs qölga olindi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bergan.

Yöl harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xodimlari avtomobilni töxtatişgan, unda esa Özbekistonning beş nafar qurollangan fuqarosi bölgan.

Qayd etilişiça, bitalar va töpponçalar bilan qurollangan şaxslar şaharning Buxarest köçasida 10 yanvar kuni keçki payt uşlangan.

“Mazda” avtomobili politsiyaçilar tomonidan közdan keçirilganida, salondan törtta beysbol bitasi, ikkita travmatik töpponça, şuningdek maxsus niqoblar topilgan. 

Avtomobilda 1990-1995 yillarda tavallud topgan beş nafar yigit bölgan. Şu bilan birga, uşbu şaxslar harakatlangan avtomobil Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvçi Rossiya fuqarosi nomiga rasmiylaştirilgan.

Ta'kidlanişiça, ayni damda politsiyaçilar röy bergan voqeaning barça tafsilotlarini aniqlaşmoqda.