2018 yilda Özbekistonda Oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlarining maksimal darajada şaffofligini ta'minlaş, jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, şuningdek, test natijalarini tezkor e'lon qilişning zamonaviy mexanizmlari joriy etiladi. Bu muhokama uçun e'lon qilingan 2017−2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasida közda tutilgan.

Uşbu maqsadlar uçun davlat byudjyeti hisobidan 8,2 milliard söm mablağ ajratiladi.

Buning uçun normativ-huquqiy hujjat loyihasi va çora-tadbirlar dasturi işlab çiqiladi. Loyihada test sinovi natijalarini test ötkazilgan kunda e'lon qiliş şartligi belgilanadi. Dasturda oliy ta'lim muassasalariga kiriş test sinovlarini bir neça kun içida ötkaziş, test natijalarini öşa kundayoq e'lon qiliş, jamoatçilik, şu jumladan, abituriyentlarning ota-onalarining kiriş imtihonlarini onlayn rejimda kuzatib boriş imkoniyatini yaratişga oid tadbirlar amalga oşiriladi.