Tölov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarni Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan qöllab-quvvatlaş tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilgan.
Qayd etilişiça, Adliya vazirligida tölov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarni Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan qöllab-quvvatlaş tartibi davlat röyxatidan ötkazildi.
Hujjatga köra, tölov-kontrakt summasining 35 foizi Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan bakalavriat yoki magistratura bosqiçida tahsil olayotgan talabalarga tölab beriladi.
Buning uçun tölov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talaba:
Özbekiston yoşlar ittifoqining faol a'zosi bölişi;
örtaça özlaştiriş körsatkiçi 86 foiz va undan yuqori bölişi;
şartnomada belgilangan tölov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda tölaşi lozim.
Har yili 10 fevraldan 15 fevralga qadar oliy ta'lim muassasasining Yoşlar Kengaşi da'vogar talabalarning arizalarini körib çiqadi hamda moddiy qöllab-quvvatlaş uçun tavsiya etiş böyiça qaror qabul qiladi.
Yoşlar Kengaşi da'vogar talabalarni tavsiya etişda quyidagilarni inobatga oladi:
Yoşlar ittifoqining boşlanğiç taşkiloti faoliyatidagi iştiroki;
olimpiadalar va sport musobaqalaridagi natijalari;
taşkilotçilik va yetakçilik qobiliyatlari;
ilmiy va ijodiy faoliyati natijalari.
Qöşimça tölov-kontrakt asosida bakalavriat bosqiçiga öqişga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ikkinçi bosqiçdan boşlab körsatiladi.
Hujjatning töliq matni bilan www.lex.uz saytida tanişiş mumkin.












