Berlin transport boşqarmasi (BVG) Adidas kompaniyasi bilan birgalikda işlab çiqqan sport poyabzali – Berlin metrosi vagonlaridagi örindiqlar qoplamasi dizayni elementlariga öxşaş bajarilgan va içiga bir yillik çipta örnatilgan snikerlarni taqdim qildi. Bu haqda boşqarma saytida ma'lum qilindi.

Snikerlar (sneakers, inglizça to sneak sözidan “pinhona harakatlaniş”) – sport poyabzalining krossovka va kedalar orasidagi turidir. U öz nomini rezina tagligi sababli beşovqin harakatlaniş imkoni tufayli olgan.

Yangi snikerlar 500 juftdan iborat çeklangan seriyada çiqarilgan. Ular 16 yanvarda Berlindagi Adidas Originals dökonlarida 180 yevrodan sotila boşlanadi. Uşbu poyabzalning e'tiborli tomoni, u 2018 yilning 16 yanvaridan 31 dekabrigaça jamoat transportining barça turlarida bepul yuriş imkonini beradi. Undagi bezaklar Berlin metrosi örindiqlari qoplamasi dizaynidagi elementlarga öxşaş bajarilgan.

“Endi BVG örindiqlarining biz yoqtiradigan dizayniga ega eksklyuziv snikerlar bor. Bu poyabzal Berlin uçun alohida hodisa böladi. BVĞning 90 yilliy yubileyida boşqarma madaniy obektga aylanayotgani juda sozdir”, deb aytgan BVG boşqaruv raisi Zigrid Nikuta.