Janubiy Qozoğiston viloyati maslihati (kengaşi) deputatlari Çimkent şahridagi şohköçalardan birini mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev ismi bilan nomlaşga qaror qildilar. Bu haqda viloyat akimatida ma'lum qilingan.
Ta'kidlanişiça, viloyatning ma'muriy markazi joylaşgan Ostona şohköçasi Nazarboyev şohköçasi deb qayta nomlanadi. Bu taşabbusni Nazarboyevni qöllab-quvvatlovçi “Nur Otan” partiyasining Çimkentdagi bölimi rahbari Umirzaq Maldaxanov bildirgan. Köçaning qayta nomlanişi muddati ma'lum qilinmagan.
Ötgan yil noyabrda Nazarboyev nomi bilan Olmaotadagi sobiq Furmanov köçasi atalgandi. Öşanda Nazarboyev şahar rahbariyatining bu işidan norozi bölgandi.
“Men barça qozoğistonliklarga buni qilmaslikni aytaman. Kerak emas. Gap umuman bundamas. Tarixda işlar bilan qoliş kerak. Uzoq umr köriş bilan, qandaydir haykallar bilan emas, işlar bilan. Haykallar bilan davrlar ötib nimalar bölişini hammamiz tarixdan yaxşi bilamiz. Atadilar ham deylik. Yaxşiyamki mening ismim Furmanov köçasiga berilgan, boşqasiga emas. Olmaota baribir ona şahrim. Ya'ni hammasi uçun rahmat, biroq buni qiliş kerakmas”, deb aytgandi Nazarboyev.












