Avvallari köp qavatli uylar haqida söz borganida faqatgina ikki ta'rif berilardi: arzon va qimmat uylar. Hozir esa zamon şiddat bilan rivojlangani sayin turar-joylar toifasi ham tobora köpayib bormoqda.

Ekonom, komfort (şinam), komfort+, biznes, premium, elit, de luxe — köp qavatli turargohlarning asosiy toifalari şulardan iboratdir. Bugungi kunda yurtimizning har burçagida yangi, zamonaviy turar-joy majmualari qurilmoqda. Bu esa öz navbatida xaridorlar uçun keng tanlov imkoniyatini beradi.

Şu örinda savol tuğiladi: Köp xonadonli uy-joylar narxining xilma-xilligi qanday tasniflanadi? Yangi qurilgan imoratlar qiymati nimaga asoslanib farqlanadi?

Joylaşuvi

Turar-joy majmualari şahar markazida joylaşgan bölsa, uning qiymati ham şunça yuqori böladi. Şuningdek, atrofida köplab savdo markazlari, rivojlangan infratuzilmalar, xiyobonlar, metropoliten joylaşgan majmualarning bahosi ham çekka tumanlarda qurilgan uylarga nisbatan qimmatroq belgilanadi.

Dizayn va quriliş uçun işlatilgan materiallar

Albatta, uylarning toifalarga ajratilişida binoning taşqi va içki qismining qurilişiga işlatilgan xom aşyolar, qimmatbaho bezaklar ham katta rol öynaydi.

Uyning holati

Qurilişi tugatilib, yaşaş uçun tayyor bölgan uylarning narxi ham hamişa yuqoriroq turadi. Bundan taşqari, eng sönggi urfga köra ta'mirlangan xonadon ham boşqalarga nisbatan qimmatroqdir.

Brend va mavqe

Turar-joy bozorida öz maqomiga ega bölgan quruvçi kompaniyalar ma'lum bir iste'molçi uçun uylarni bunyod qilişadi. Şu sababli, uylarning narx-navosi brend nomiga ham boğliq böladi.

Boşqa omillar

Şuningdek, bölajak uy egalariga yaratib berilgan qöşimça şart-şaroitlar, qulayliklar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bularga majmua atrofida bolalar öyingohlari, favvoralar qurilişi, zamonaviy liftlar, xonadon içida ayrim uskuna va jihozlarning örnatilganini misol qiliş mumkin.

Quyida yangi qurilayotgan “ekonom” va “şinam” toifadagi köp qavatli turar-joylar va ularning bahosi bilan tanişib çiqişingiz mumkin.

A. «Oazis» turar-joy majmuasi,

Developer: «Zarafshon Buildings»

Manzil: Yunusobod 4 mavze

Narxi: kv.metr uçun 4 200 000 sömdan

Foto: «Oazis» turar-joy majmuasi

B. “Mevazor” turar-joy majmuasi,

Developer: «Yuka Stroy»

Manzil: Çilonzor 19 mavze

Narxi: kv.m. uçun 4 500 000 sömdan

Foto: “Mevazor” turar-joy majmuasi

V. “Oydin” turar-joy majmuasi,

 Developer: “Real House”

Manzil: Şimoliy Olmazor, Çuqursoy köçasi

Narxi: kv.m. uçun 1-2 qavat 4 500 000 söm, 3-qavat 4 200 000, 4-5 qavat 4 000 000

Foto: “Oydin” turar-joy majmuasi

G. “Do’rmon” turar-joy majmuasi,

Developer: “Tinchlik”

Manzil: TTZ, Dörmon

Narxi: kv.m. uçun 4 200 000 sömdan

Foto: “Dörmon” turar-joy majmuasi

D. Sergeli-5 turar-joy majmuasi,

Developer: “Semurg Business Invest”

Manzil: Sergeli-5

Narxi: kv.m. uçun 3 800 000 sömdan

Foto: Uybor.uz

Toşkent şahridan narxi juda qimmat bölmagan, şinamgina uy xarid qilişni istaysizmi? Uybor.uz bu borada sizga yordam beradi.

Reklama huquqi asosida