Özbekistondagi amaldagi qonunçilikka asosan deklaratsiya tartibida daromadlarni taqdim etiş va undan daromad soliğini tölaş ayrim toifalarga qarab belgilangan. Ya'ni, Özbekistonda yalpi deklaratsiyaga ötilgani yöq. XPKning navbatdagi sessiyasida iştirok etgan Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari Nazarali Norboyev KUN.UZ muxbiri savoliga şu tarzda javob berdi.

“Bizda hali yalpi soliq deklaratsiyasiga ötilgani yöq. Şundan kelib çiqib oydinlik kiritmoqçiman, bizda kimlar deklaratsiya topşiradi? Asosiy iş joyidan boşqa daromadlari bölgan fuqarolar, ikki yoki undan ortiq manbalardan daromad oladigan bölsa, mol-mulki, uy-joyini ijaraga beruvçilar, ular xoh amaldor, tadbirkor yoxud oddiy fuqaro bölsin, deklaratsiya töldiradi va undan daromad soliği tölaydi”, - dedi Norboyev.
Uning aytişiça, KUN.UZ muxbiriga blits intervyusida aytişiça, şu yilning sentabr oyiga qadar Özbekistonda davlat mulozimlarining daromadlarini xalqqa körsatiş tizimi işlab çiqilib, yölga qöyiş rejalaştirilgan.











