Lionel Messining «Barselona» bilan tuzgan yangi şartnomasiga köra oladigan yillik maoşi, ilgari aytilganidan ança köp ekani ma'lum böldi. Bu haqda Mediapart naşri Football Leaks taqdim etgan hujjatlarga tayanib xabar berdi.

Jurnalistlarning qöliga kelib tuşgan Messining xomçöt qilingan şartnoma nusxasida futbolçi 2017 yilning yozidan 2021 yilning yoziga qadar işlab topadigan puli 400 mln yevrodan ortiqroq ekani qayd qilingan. Rasman bu şartnoma haqida mavsum örtasiga kelib xabar berildi.

Şu kungaça heç bir futbolçi bir mavsum uçun 100 mln va undan ortiq mablağ işlab topmagandi. Albatta bu barça soliqlarni qöşib hisoblaganda tölanadigan summa sanaladi. Barça soliqlar çiqarib taşlanganda Lionel oladigan «toza» summa yiliga 50 mln yevrodan kamroq böladi. Ammo turli bonuslar evaziga futbolçining yillik okladi soliqlar bilan birga 122 mln yevrogaça yetişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Football Leaks sayti futbolçilarning transfer narxlari, oylik maoşi haqida sir tutiladigan ma'lumotlarni oşkor etiş bilan şuğullanadi.