Özbekiston va Ozarboyjon mamlkatlari 2017 yilda köp sonli katta loyihalarni amalga oşirişdi. Bu mamlakatlar mintaqada ham, Islom davlatlari orasida ham nufuzli öringa ega bölib bormoqda, ularning bildirgan takliflari yuqori darajada qabul qilinmoqda. 

Prezident Ilhom Aliyev tomonidan yuritilayotgan muvaffaqiyatli siyosat natijasida Ozarboyjonning tarixiy ipak yöli qayta tiklanişi, Boku-Tblisi-Qars temir yölining oçilişi iqtisodiyot va turizm sohasida yangi imkoniyatlarni kaşf etadi, deydi Toşkent şahridagi Haydar Aliyev nomli Ozarboyjon madaniyat markazi rahbari Samir Abbosov. 

"2017 yilda Toşkent va Bokuda gumanitar, ayniqsa madaniyat va turizm sohalarida köplab loyihalar hayotga tatbiq etildi. Islom olami hamjihatligiga yönaltirilgan xalqaro tadbirlar, Samarqand şahrida bölib ötgan "Şarq taronalari" musiqiy festivali, xalqaro turistik körgazma va yarmarkalar - bularning bari mamlakatlarimizning jahon sahnidagi nufuzi oşib borayotganidan dalolat beradi. Ta'kidlaş joizki, tarixiy Samarqand şahrida bölib ötgan "Şarq taronalari" xalqaro musiqiy festivalida ozarboyjonlik Sohib Poşazoda eng yuksak mukofot - Gran-priga sazovor böldi. 

Bugungi kunda qardoş Özbekistonda 40 ming nafarga yaqin ozarboyjonlik istiqomat qiladi - ular ikki mamlakat örtasidagi döstona köprik hisoblanadi. Ozarboyjonliklar Özbekistonning ijtimoiy-madaniy hayotida doim faol qatnaşib kelişadi va bu ölkani öz vatanlaridek sevişadi.

Haydar Aliyev nomini olgan Ozarboyjon Madaniyat Markazi ikki qardoş xalq örtasidagi munosabatlar rivoji yölida qator loyihalar va tadbirlarni amalga oşirib kelmoqda. Toşkent va Samarqandda ikki marta Ozarboyjon madaniyat kunlari, şuningdek milliy oşxona festivallari, konsert dasturlari, körgazma va modalar namoyişi ötkazildi. Samarqand davlat universiteti qoşida Ozarboyjonning navbatdagi madaniyat va adabiyot xonasi taşkil qilindi. Bundan taşqari, vatandoşimiz Saida Rizo Alizoda nomini olgan Ozarboyjon-Özbekiston Döstlik markazi ham ikki mamlakatning döstona munosabatlarini faol tarğib qilib kelmoqda. 

Şu bilan birga, ikki mamlakat örtasida ilmiy, madaniy va adabiy mavzularga bağişlangan konferensiyalar bölib ötdi. Markazimiz loyihasi böyiça Özbekiston xalq şoiri Jamol Kamolning 80 yoşli yubileyini keng nişonladik. 

Özbekistonlik 12 jurnalist iştirokida "Mediatur" taşkil qilindi. Ular Ozarboyjonning barça sohalarda erişgan yutuqlarini keng yoritib borişdi. Ikki mamlakat jamoatçiligiga Ozarboyjon-Özbekiston döstona munosabatlari haqidagi "Asl döstona munosabatlar" hujjatli filmi namoyiş qilindi. 

Ozarboyjon Milliy Ilmiy Akademiyasi institutlari hamda Özbekistonning ilmiy muassasalari, şuningdek turistik assotsiatsiyalar örtasida Memorandumlar imzolandi. Birinçi  marta talabalar va doktorantlar almaşinuvi tatbiq etildi, köplab sayohatlar taşkil etildi. 

Madaniyat Markazi loyihasi doirasida buyuk ozarboyjon şoiri Nizomiy Ganjaviyning barça asarlari özbek tiliga ögirilib çop etildi. Toşkentda Ganjaviyning "Xamsa"si naşrdan çiqdi, şu bilan birga, şoirning "Sirlar xazinasi", "Layli va Majnun", "Iqbolnoma" asarlari ham jamoatçilikka taqdim etildi.

2018 yilda Haydar Aliyev nomli Ozarboyjon Madaniyat Markazida köplab loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilmoqda:

Joriy yilning may oyida Toşkentda Ozarboyjon Demokratik Respublikasining 100 yilligiga bağişlangan köplab tadbirlarni ötkaziş rejalaştirilmoqda. Özbekistondagi Madaniyat va san'at instiutida ozarboyjonlik buyuk bastakor Kara Karayev nomidagi "Ozarboyjon Musiqiy va Madaniy markazi"ning oçilişi közda tutilmoqda. 

Navoiy nomli Toşkent Davlat Özbek tili va adabiyoti universitetida Ozarboyjon-Özbekiston Döstlik markazini taşkil etiş, şuningdek Özbekistonda birinçi marta "Ozarboyjon tili va adabiyoti" kafedrasining yölga qöyilişi kutilmoqda. 

Bundan taşqari, Özbekistonning tarixiy şaharlaridan biri bölmiş Xivada "Ozarboyjon madaniyat haftasi"ni ötkazişni rejalaştirmoqdamiz.

Madaniyat Markazining navbatdagi loyihasi asosida "Ozar-özbek" va "Özbek-ozar" luğatining tayyorlanişiga start berildi.

2018 yilda Madaniyat Markazi Özbekistonning turistik firmalari vakillari iştirokida «İnfotur» taşkil qiladi. Qardoş yurtning turistik firmalari vakillari va jurnalistlari Boku, Gabala, Loxij, Şeki, Ganja, Ğusor, Nabran kabi sayohlik markazlari bilan tanişişadi.

Ozarboyjon va Özbekiston ipakçilik san'atiga oid loyihaning hayotga tatbiq etiliş kutilmoqda. Özbekistonning Marğilon şahrida har yili an'anaviy Ipakçilik festivali ötkaziladi va biz bu yil unda taşkilotçi sifatida iştirok etişni közlayapmiz.

Rejalar köp. Işonamanki, mamlakatlarimizda yuritilayotgan muvaffaqiyatli siyosat natijasida biz oldimizga qöygan maqsadlarimizga erişamiz, döstona va hamkor munosabatlarimizda yangi marralarni zabt etamiz", deydi Toşkentdagi Ozarboyjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov.