Turkiya armiyasi bir hafta içida Suriyaning şimoli-ğarbidagi, suriyalik kurdlar mudofaa kuçlari (YPG) nazoratida bölgan Manbij va Afrin şaharlarida operatsiya boşlaşi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ma'lum qildi.
“Agar bizga berilgan va'dalar (AQŞ tomondan YPĞning olib çiqilişi – tahr.) bajarilmasa, Manbijda vaziyatni öz qölimizga olamiz. Ular bir haftadan keyin nima qilişimizni körişadi. Agar Afrinda terrorçilar taslim bölmasa, biz ularning kallasini uzib taşlaymiz”, deb aytgan Erdöğan Elyazig viloyatidagi nutqida.
Erdöğanning aytişiça, AQŞ Suriyaga YPG uçun qurol ortilgan 4900 ta yuk maşinasi va 2000 ta samolyot jönatgan. “Bu ittifoqdoşlik emas. Siz YPĞga qurol berib, qanday qilib biz bilan strategik hamkorlik haqida gapira olasiz? Buni heç kim hazm qilmaydi. AQŞ terrorçilar bilan hamkorlik uning milliy manfaatlariga ziyon yetkazmaydi deb öylab, öz-özini aldamoqda. Öz pinjiga ilonni olgan, buning oqibatlariga duç keladi”, deb aytgan Erdöğan.
Anqara Vaşingtonni YPĞga harbiy kömak berişda bir neça marotalab qoralagan.












