Toşkent şahar boş boşqarmasi «Boşpoçtampt» taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari Turkiyadan yuborilgan poçta jönatmalaridagi ma'lumotlarni tahlil qiliş davomida ularni şubhalantirgan jihatni foş qilişdi.
Toşkent şahar bojxona boşqarmasi axborot xizmati xabar berişiça, jami oğirligi 1120 kilogrammdan ortiq bölgan uşbu jönatmalar 55 kişi nomiga yuborilgan bölsada, jönatmalardagi manzil va boğlaniş uçun telefon raqamlar aynan bir xil bölib çiqqan.
Jönatmalarni qabul qiluvçi aslida bitta şaxs bölib, bojxona xodimlarini çalğitiş maqsadida turli ism-şariflardan foydalanilgani ma'lum bölgan.
Şu tariqa, qonunbuzarlar poçta jönatmalari orqali qiymati 150 mln sömlik 3 ming donaga yaqin turli xildagi kiyim-keçaklarni olib kirişga urinişgan.

Yana bir holatda Toşkent şahar bojxona boşqarmasining «Çuqursoy texnik idora» çegara bojxona posti xodimlari Respublika transport prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro M.Ismatov (maqoladagi barça ism-şariflar özgartirilgan) nomiga Xitoydan kelgan konteynerlarni bojxona körigidan ötkaziş çoğida, yuk kuzatuv hujjatlarida körsatilgan umumiy qiymati 6690 AQŞ dollariga teng «Işlab çiqariş dastgohlari» bilan birga hujjatlarda körsatilmagan 3500 dona kosmetika va parfyumeriya tovarlari, 1650 dona çöğlanma elektrlampalar, 108 tonna şirinliklar hamda xöjalik tovarlari borligi ma'lum böldi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, uşbu aniqlangan tovarlarning narxi salkam 920 mln sömni taşkil etadi. Konteynerni bojxona körigidan ötkaziş vaqtida aniqlangan elektr çöğlanma lampoçkalarining quvvati 500 Vt. bölib, Vazirlar Mahkamasining «Energiyani tejaydigan lampalar mahalliy işlab çiqarilişini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2015 yil 20 oktabrdagi 299-son qarori talablariga binoan 2017 yilning 1 yanvaridan boşlab bu turdagi mahsulotlarni realizatsiya qiliş taqiqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.











