Avstraliyadagi Dikin universiteti tadqiqotçilari şuni aniqlaşdiki, homiladorlik bölajak onalarning kognitiv funksiyalariga, şu jumladan, xotiraga salbiy ta'sir körsatadi. Tadqiqot Medical Journal of Australia jurnalida e'lon qilingan.

Homiladorlikda xotiraning yomonlaşişi, «mamneziya», köplab bölajak onalar töqnaş kelgan narsadir. Ular parişonxotirlik yuzaga kelişini ta'kidlaydilar – u yoki bu buyumni qaysidir maşğulot davomida qayerga qöyganliklari, nima qilganliklarini eslay olişmaydi. Şuningdek, homilador ayollar özaro muloqotda e'tiborni bir joyga jamlay olmasligi kuzatiladi hamda ular bu bilan kuraşiş uçun ma'lum bir hodisalarni daftarga yozib qöyişlari talab etiladi. Ba'zilarga esa mutolaa qilişga ham diqqatni jamlaş muammo keltirib çiqaradi.

Tadqiqotçilar bu hodisaga bağişlangan 20 ta tadqiqotning meta-tahlilini ötkazişdi, ular sönggi 10 yil içida amalga oşirilgan. Şuningdek, mutaxassislar boşqa kognitiv funksiyalarga aloqador bölgan işlarni ham körib çiqişdi. Tadqiqotda hammasi bölib 1230 ayol qatnaşdi – 709 nafari homilador bölgan.

«Umumiy kognitiv qobiliyatlar, xotira va ijro funksiyalari homiladorlikning uçinçi uç oyligida ança yomonlaşgan (homilador bölmagan ayollar bilan taqqoslaganda), - deya ta'kidlaydi iş mualliflari. - Şuningdek, uzoq muddatli tadqiqotlarda dastlabki ikki uç oylikda ham umumiy kognitiv funksiyalar va xotira yomonlaşişi aniqlandi».

Bunday özgarişlar homilador ayollar hayoti sifatiga qanday ta'sir ötkazişini aniqlaş uçun yana qator tadqiqotlar talab etiladi, deb hisoblaşmoqda olimlar. Biroq, ularning qayd etişiça, xotira hamda kognitiv funksiyalar yomonlaşsa ham, ular baribir kerakli normadan pastga tuşmaydi. Lekin homiladorlikning boş miya uçun ança jiddiy oqibatlarini qidiriş, bunga töqnaş kelgan ayollarga yordam körsatiş usullarini işlab çiqiş imkonini beradi.