Germaniyaning Spiegel naşri Football Leaks bilan hamkorlikda, «Barselona» hujumçisi Lionel Messining yangi şartnomasi haqidagi ma'lumotlarni oşkor qildi.
Unga köra, futbolçi 4 yilda yarim milliard yevro işlab topişi mumkin.
- Messining şartnomasi uçta qismdan iborat. Birinçisi – futbolçining özi bilan, ikkinçisi – Leo Messi Management S.L. kompaniyasi bilan (futbolçining imij huquqi bilan şuğullanadi), uçinçisi – Messining xayriya fondi bilan.
- Agar Messi şartnomada közda tutilgan 4 mavsum davomida öynasa, har bir mavsumi uçun 106 mln yevro oladi. Agar «Barselona» treblga erişsa, Messi FIFA tomonidan yil futbolçisi deb topilsa, u holda 122,5 mln yevro oladi. Ba'zi hisob-kitoblarga köra, Messining maoşi «Barselona» iş haqi byudjyetining 40% taşkil qilişi mumkin.
- «Barselona» soliqlar böyiça qarzidan qutuliş uçun, Messiga qöşimça pul ajratadi. Avvalgi şartnoma böyiça, bu 23,1 mln yevro miqdoridagi bonus şaklida bölgan. Yangi şartnomada bu Messining maoşi içiga kiritilgan.
- 2013 yili «Real» Messini 250 mln yevro evaziga sotib olmoqçi bölgan. Qiziği şundaki, Florentino Peres va Messi oilasi örtasidagi muzokara parvozdagi samolyotda amalga oşirilişi közda tutilgan. Biroq, «Barselona» Lionel maoşini oşirganidan söng, u klubda qolişga qaror qilgan.
- Messining yangi şartnomasi böyiça muzokaralar uning otasi Xorxe tufayli çözilib ketgan. Bitim 30 iyun kuni imzolangan (Neymarning «PSJ»ga ketişidan bir oy oldin). 18 iyul kuni «Barsa» bu haqda e'lon qilmoqçi bölgan, biroq Xorxe aloqaga çiqmay qöygan. U transfer bozoridagi özgarişlardan xavotir olgan bölişi mumkin. Natijada, tomonlar imzolangan şartnoma böyiça qöşimça muzokara ötkazganlar va bu haqda 25 noyabr kuni e'lon qilingan. Futbolçining tovon puli 300 mln yevrodan 700 mln yevroga oşirilgan.












