Özbekiston va Tojikiston rasmiylari viza çeklovlarini bekor qilişga kelişib olişdi. KUN.UZ muxbiri 15 yanvar kuni Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi A.A.Abduhakimov Milliy matbuot markazida bergan ma'lumotiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
"Özbekiston davlat rahbarining Tojikistonga taşrifi doirasida tegişli şartnoma imzolanadi. Bundan avval esa Özbekiston boş vaziri Tojikistonda böldi va u yerda bu borada muayyan kelişuvlarga erişildi. Öylaşimça, bu - juda jiddiy qaror.
Bu birinçidan, Özbekistonda qarindoşlari bölgan tojikistonliklar orasida katta qiziqiş uyğotsa, ikkinçidan, tibbiyot, ta'lim yönalişlaridagi turizmni rivojlantirişga hissa qöşiladi - ular Samarqand, Buxoro yoki Xiva şaharlariga bajonidil sayohat qilişadi. Taxminan 150-200 kişi qatnaydi, deb bemalol ayta olamiz", - deya ta'kidladi A.A.Abduhakimov.
Ta'kidlaş joizki, Özbekiston va Tojikiston örtasidagi reyslar 1992 yilda töxtatib qöyilgan edi. Ötgan yili esa "Özbekiston havo yöllari" aviakompaniyasi 25 yil davomidagi ilk Toşkent-Duşanbe yönalişidagi aviareysni amalga oşirgan edi.











