Oliy ta'lim muassasalaridagi bakalavriat bosqiçi talabalarining umumiy soni 288471 nafarni taşkil etib, ularning asosiy qismi 4 yillik kurslarda ta'lim olmoqda. Bundan taşqari, ayrim oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni ta'lim dasturidan kelib çiqqan holda 3, 5 va 7 yillik ta'limga asoslanadi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar berdi.

Jami ta'lim olayotgan bakalavr bosqiçidagi talabalar soni 288471 nafarni taşkil etgan bölib, gumanitar sohada 121446 nafar, ijtimoiy soha, iqtisod va huquq yönalişida 27418 nafar, işlab çiqariş va texnik sohada 85539 nafar, qişloq va suv xöjaligi yönalişida 23479 nafar, soğliqni saqlaş va ijtimoiy ta'minot yönalişida 18879 nafar, xizmatlar sohasida 11710 nafar talabalar ta'lim olmoqda.

2017 yilda bakalavr darajasiga ega bölgan talabalar soni 62900 nafarni taşkil etib, ularning 18954 nafari davlat grantlari asosida ta'lim olgan. 2017 yilda bakalavriat bosqiçini bitirganlarning 23995 nafarini qizlar taşkil etadi. 

Bakalavriyat bosqiçi bitiruvçilarining 43,8 foizi gumanitar soha, 10,7 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq yönalişi, 28,0 foizi işlab çiqariş va texnik sohasi, 7,4 foizi qişloq va suv xöjaligi yönalişi, 4,4 foizi soğliqni saqlaş va ijtimoiy ta'minot yönalişi, 5,6 foizi xizmatlar sohasi böyiça bitirgan.