Özbekiston Professional futbol ligasida Muxlislar bilan işlaş va sport tadbirlarini ötkaziş bölimi taşkil etildi, deb xabar beradi PFL sayti.
Mazkur bölim öz oldiga futbol klublarining muxlislar bilan işlaş faoliyatini takomillaştiriş, stadionlarda muxlislarga yaratiladigan şaroitlarni yanada yaxşilaş, muxlislar bilan işlaşning yangiça uslublarini joriy etiş orqali, ularni stadionga qaytariş hamda futbol klublari muxlislari safini yanada kengaytiriş işlarini yangi bosqiçga olib çiqişni maqsad qilgan.
Yuqoridagilarni amalda tadbiq qiliş maqsadida, Muxlislar bilan işlaş va sport tadbirlarini ötkaziş bölimi vakillari Respublika böylab futbol klublari muxlislari bilan uçraşişni rejalaştirgan.
Şu munosabat bilan, joriy yilning 17–20 yanvar kunlari Muxlislar bilan işlaş va sport tadbirlarini ötkaziş bölimi xodimlari Fazliddin Xojimuhamedov va Aziz Pattaxov Farğona va Namangan viloyatlariga taşrif buyurib, «Navbahor», «Neftçi», «Tsementçi» va «Qöqon-1912» klublari muxlislari bilan uçraşadi.
Taşrif davomida Özbekiston Professional futbol ligasi vakillari muxlislarga taşkilot tomonidan belgilangan vazifalarni yetkazadi, hamda işqibozlarga yaratilgan şart-şaroitlarni örganib çiqadi.
Taşrif yakunida, futbol klublari tomonidan muxlislar bilan işlaşni takomillaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar işlab çiqiladi.












