Şu kunlarda özbek futboli muxlislari orasida bir mavzu muhokama markazida: klublarga davlat budjetidan beriladigan pulning bir qismi berildi, lekin maoş tölaşda limit bor ekan – bir kişiga 27 million sömdan köp maoş berib bölmaskan. Çindan şunaqa böldi, klublar hisobiga tarixda ilk marta töppa-töğri budjetdan milliardlab pul kelib tuşdi, lekin nyuanslar bor.
Limit: eng köpi 27 million!
Yangi tartibga köra, Superliga klublariga homiylik qilib kelgan yirik davlat korxonalari homiylik pullarini bir fondga taşlay boşladi. ÖFA nazorati ostida har bir yuqori divizion jamoasiga 35 milliard söm pul bölib-bölib taşlab beriladi. Birinçi partiya allaqaçon klublar hisobiga ötkazildi. Bu pullarni qanday taqsimlaş böyiça ÖFA va PFL rahbariyati iştirokida yiğiliş ötkazildi. Unda aniq qilib aytilgan: davlat bergan puldan heç kimga 27 million sömdan ortiq maoş berib bölmaydi. Soliqlarni hisobga olsa, futbolçilar eng köpi bilan 23 million söm atrofida maoş olişi mumkin.
Şuningdek, klubdagi boşqa xodimlarga ham qançadan pul beriş mumkinligi belgilab berilgan. Masalan, boş murabbiy 10 million sömdan kamroq maoş oladi. Bu talablar ba’zi klublarni şokka tuşirdi. Çunki yil boşida futbolçilar bilan, xususan, sal maoş keçiksa, FIFAga yugurib borib yozişni yaxşi köradigan legioner futbolçilar bilan şartnoma imzolab bölingan, ular 23 millionga butsasining ipini ham boğlamasligi aniq. Bundan taşqari, hozir mahalliy futbolçilarning maoşi juda katta, klublar arzonroq tuşadi deb legioner olib kelyapti.
Eşitişimça, poytaxt klublaridan birida legioner futbolçilar bunaqa maoşni eşitib maşğulotlarda qatnaşişdan boş tortibdi. Buni ham tuşuniş mumkin, ular ham futbol öynab oila boqaman deb boşqa davlatga kelib yuribdi, musofirçilikda yeb-içgandan taşqari oila uçun 3-4 söm topmasa bölmaydi.
«Bunyodkor»ga öxşagan klublarda vaziyat yanada qiyin. Çunki «qaldirğoçlar» almisoqdan qolgan Rivaldo va Denilsonning qarzlarini tölaşga majbur. Piar uçun olib kelingan bu futbolçilar, işoning, özbek futboliga heç nima bergani yöq, bermasligi aniq edi. Qarz ham oz emas, deyarli 9,5 million dollar! Bu sömda qança bölişini hisoblaşga ham qörqadi odam, kalkulyatorga siğmay ketsa ham kerak.
Aytgança, uzoq yillar «Bunyodkor», «Nasaf», «Buxoro», «Maş’al», «Şörtan» kabi klublarni moliyalaştirib kelgan «Özbekneftgaz» vakilining aytişiça, taşkilot har yili futbol uçun 300 milliard atrofida pul berib kelgan. Bu 25 million dollar degani, adaşmasam. Birgina taşkilot har yili şunça sarflagan bölsa, ön yillar davomida futbol klublariga davlat korxonalaridan qanaqa katta pullar berilganini hisoblab olavering.










