Diyor Imomxöjayev yana 4 yil muddatga Özbekiston Professional futbol ligasi direktori etib tasdiqlandi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilişiça, 17-avgust kuni Özbekiston futbol assotsiatsiya prezidenti Bahodir Qurbonov tomonidan imzolangan taqdimnoma liga Ijroiya qömitasiga yuborilgan va unda liga boş direktori lavozimi uçun Diyor Imomxöjayev nomzodi ilgari surilgan.
19-avgust kuni Ijroiya qömitaning 8 nafar a’zosi mazkur masalani körib çiqdi. Yiğiliş yakuniga köra, Ijroiya qömitaning barça a’zolari bir ovozdan Diyor Imomxöjayev nomzodini navbatdagi vakolat muddatiga boş direktor sifatida tasdiqladi.
Taşkilotning amaldagi rahbari 2026-yilning 19-avgust sanasidan e’tiboran keyingi 4 yil davomida öz vazifasini bajarişda davom etadigan böldi.
Ma’lumot uçun, asli sport jurnalisti hisoblangan Diyor Imomxöjayev 2020-yildan e’tiboran liga boş direktori vazifasini bajaruvçisi, 2022-yildan esa boş direktori sifatida işlab kelmoqda.













