Özbekiston prezidentining qaroriga muvofiq 2018 yil 18 yanvar kuni favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jörayev boşçiligidagi hukumat delegatsiyasi şu kuni ertalab Qozoğistonning Aqtöbe viloyatida sodir bölgan hodisa natijasida jabrlangan va halok bölgan Özbekiston fuqarolarini vataniga yetkaziş bilan boğliq taşkiliy işlarni hal etiş maqsadida Aqtöbe şahriga (Qozoğiston) keldi.
TIV axborot xizmati xabariga köra, Özbekiston delegatsiyasi a'zolari avtobusdagi yonğindan omon qolgan hamyurtlar davolanayotgan viloyat intensiv terapiya klinik şifoxonasida böldi.
Şu kuni Aqtöbe viloyat hokimligida Qozoğiston Içki işlar vazirligi, Investitsiya va rivojlaniş vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va Qozoğistonning boşqa xizmatlari rahbarlari iştirokida Özbekiston delegatsiyasining amaliy yiğilişi ötkazildi.
Qozoğiston Içki işlar vazirining örinbosari Yerlan Turgumbayevning ma'lumotiga köra, 32 nafar halok bölganlarning şaxsi aniqlaştirildi va yonğinni oldini oliş guruhi tomonidan avtobusdagi yonğin sabablari örganilmoqda.













