Qozoğistonning Aqtöbe viloyatidagi fojiaga kavşar lampa sabab bölgan. Bu haqda Qozoğiston IIV rahbari örinbosari Yerlan Turgumbayev xabar berdi. Hodisa oqibatida Özbekistonning 52 fuqarosi halok böldi.
«Avtomaşina dvigateli öçib qolgani va maşinada sovuq bölgani tufayli, uşbu avtobusda payalnik (kavşar lampasi) isitiş uçun işlatilgan. U ikki soatdan ortiq vaqt davomida işlagan», - deya aytib ötdi Turgumbayev.

Uning sözlariga köra, yonğin «benzinga töla idiş tasodifan tökib yuborilganida» boşlangan.
«Tabiiyki, gaz-benzinli aralaşma avtomaşinaning butun saloniga tarqagan, benzin idiş tasodifan tökib yuborilganida esa, yonğin yuz bergan, u deyarli darhol, 5 daqiqa davomida bu avtobusda bölgan barça fuqaroning hayotiga zomin bölgan», - deya aytib ötgan vazir örinbosari.
Eslatib ötamiz, avvalroq FVV Aqtöbe fojiasida halok bölgan 49 fuqaro röyxatini e'lon qilgani, Şavkat Mirziyoyev esa Aqtöbe fojiasining asl sabablari haqida töxtalgani xabar berilgandi.












