Afğoniston poytaxti Kobul şahridagi Intercontinental mehmonxonasiga terrorçilar hujumi oqibatida qurbon bölganlar soni 43 nafarni taşkil qilmoqda. Bu haqda Afğoniston maxsus xizmatlariga asoslangan holda mahalliy naşrlar xabar tarqatdi.
Şuningdek, 150dan ortiq kişi, jumladan 40dan ortiq xorijlik jarohatlangan.
Qurbonlar orasida Ukraina fuqarosi bor. Bu ma'lumotni Ukraina Içki işlar vazirligi tasdiqladi.
Şuningdek, bu hujum oqibatida halok bölganlar orasida Afğonistonning Karaçi şahridagi boş konsuli ham bor.
20 yanvar kuni keçqurun Kobul şimoli-ğarbidagi mehmonxonada konferensiya bölib ötayotgan vaqtda 4 nafar jangari mehmonxonaga bostirib kirdi va odamlarni öqqa tutdi. Mehmonxonani terrorçilardan ozod qiliş jarayoni 18 soat davom etdi. Keyinçalik terrorçilarning barçasi yöq qilindi, mehmonxona içidagi 126 kişi ozod qilindi.
Uşbu hujum uçun javobgarlikni «Tolibon» öz zimmasiga oldi.












