Yil boşidan Özbekistonga 8 million xorijlik sayyoh keldi, ularning mamlakatda qoliş muddati 8 kungaça uzaydi. Bu haqda aytib ötgan prezident Şavkat Mirziyoyev turizm islohotlari aholi daromadida yanada köproq sezilişi kerakligini ta’kidladi.

Tadbirkorlar bilan muloqotda ma’lum qilinişiça, mehmonxona quriş, rekonstruksiya qiliş va jihozlaş uçun 50 million dollar resurs ajratiladi. Tadbirkorlarga 10 yil muddatga milliy valyutada 16 foizli kredit beriladi.

Uç, tört va beş yulduzli mehmonxona quriş uçun subsidiya beriş muddati yana ikki yilga uzaytiriladi. Subsidiya uçun mehmonxona “yulduzi”ni tasdiqlaşda xorijiy kompaniya xulosasini talab qiliş amaliyoti bekor qilinadi.

Mehmonxonalar uçun yer va mulk soliğini 10 barobar kam stavkada tölaş imtiyozi 2030-yilgaça uzaytiriladi. 50 tadan köp joylaştiruv örniga ega mehmonxonalarga naqd valyuta qabul qiladigan bankomatlarni banklarning özi örnatib beradi.

Turoperatorlarning xorijlik turistlarga körsatgan xizmati eksportga tenglaştirilib, qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilinadi.

Turistik avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar olib kelişdagi bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi. Bunday transport vositalari uçun utilizatsiya yiğimi ham undirilmaydi.