Prezidentning 16.01.2018 yildagi F-5181-son «Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalanişni takomillaştiriş töğrisida»gi farmoyişi e'lon qilindi.
Norma.uz’ning yozişiça, hujjat bilan 2018-2023 yillarda moddiy madaniy va arxeologiya merosi obektlarini muhofaza qiliş, asraş, ilmiy tadqiq etiş, tarğib qiliş va ulardan foydalanişni tubdan takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi loyihasini işlab çiqiş böyiça respublika komissiyasi taşkil etildi. Madaniyat vazirligi komissiyaning işçi organi va faoliyatining taşkilotçisi sanaladi.
Komissiya tarkibiga Boş vazir, madaniyat, iqtisodiyot hamda oliy va örta maxsus ta'lim vaziri, Özbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, Özbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, Özbekiston tarixi davlat muzeyi direktori va boşqalar kiradi.
Dasturning alohida yönalişlari bilan işçi guruhlar şuğullanadi, ularning tarkiblari ham hujjat bilan tasdiqlandi. 1.04.2018 yilga qadar ular respublikaning barça moddiy madaniy va arxeologiya merosi obektlarining ularning turistik potensiali, tarixiy-madaniy ahamiyati, texnik holati kabi körsatkiçlari böyiça xatlovdan ötkazilişini taşkil etişlari darkor.
Natijalar barça obektlar töğrisida batafsil ma'lumotlar bilan yaratiladigan yagona elektron ma'lumotlar bazasiga kiritiladi. Malakali mutaxassislardan iborat hududiy ekspert guruhlari meros obektlarini xatlovlar ötkazadi.
Hududiy hokimliklar, tegişli davlat organlari va xöjalik boşqaruvi organlari obektlar holatini töliq örganiş uçun barça şaroitlarni yaratişlari şart.
Hujjat 17.01.2018 yildan kuçga kirdi.
Özbekiston madaniy merosi obektlari yagona elektron bazaga kiritiladi












