Ijtimoiy tarmoqlarda Alişer Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi binosi sirli ravişda boşqa taşkilotga berib yuborilayotgani va madaniy meros obyektiga zarar yetişi xavfi borligi haqida xabarlar tarqaldi. 16-oktabr kuni Madaniy meros agentligi bu xabarlardan keyin örganiş işlari olib borilganini maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, Şayxontohur tumani Alişer Navoiy köçasi 69-uy manzilida joylaşgan bino madaniy meros obyektlari milliy röyxatiga kiritilgan bölib, davlat muhofazasiga olingan.
Bino hukumat qarori bilan operativ boşqaruv huquqi asosida Davlat yoşlar teatriga tekin foydalanişga berilgan.
“Bu obyektning boşqa foydalanuvçiga ötkazilişi uning “madaniy meros obyekti” maqomini mutlaqo özgartirmaydi. “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisida”gi qonunning 24-moddasiga muvofiq, moddiy madaniy meros obyektining foydalanuvçisi yoki mulkdori kim bölişidan qatʼi nazar, uning taşqi va içki körinişini obyekt pasportiga kiritilgan muhofaza mazmuni maʼlumotlariga muvofiq holda saqlaş majburiyati öz kuçida qoladi. Foydalanuvçi özgarişi huquqiy majburiyatlarni bekor qilmaydi, balki yangi foydalanuvçi (teatr) zimmasiga yuklaydi.
Mazkur obyekt tarixan va arxitekturaviy jihatdan “Rus yoş tomoşabinlar teatri binosi” sifatida barpo etilgan bölib, Davlat yoşlar teatri uzoq yillardan buyon uşbu majmuaning bir qismida faoliyat yuritib keladi. Bino hukumatning XDFU (Xizmat doirasida foydalaniş uçun) qarori bilan teatrga berilganining sababi - mazkur majmuani yagona madaniy-teatr majmuasi sifatida saqlab qoliş va teatrning kengaygan ehtiyojlari (repetitsiya zallari, grim xonalari, dekoratsiya ustaxonalari) uçun şaroit yaratişdir”, – deyiladi Madaniy meros agentligi izohida.

Taʼkidlanişiça, qonunçilikka muvofiq, davlat köçmas mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning köçmas mulk obyektlarini operativ boşqaruv huquqi asosida yoki tekin foydalaniş huquqi asosida biriktiriş Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oşiriladi. Bino madaniy meros obyektlari röyxatida bölgani bilan














