Prezidentning şu yil madaniyat vakillari bilan uçraşuvidan keyin tuzilgan Raqamli sanʼat ijodiy birlaşmasi sunʼiy intellekt böyiça katta loyihalar bilan ham şuğillanmoqda. Birlaşma rahbari ötgan hafta AQŞda bölib, turli kelişuv va memorandumlarga imzo çekdi.

Kun.uz bilan Nyu Yorkda suhbatlaşgan Nabiyev Amerikadagi hujjatlar mazmuni, birlaşma işlarining borişi va rejalar xususida gapirib berdi. Uning taʼkidlaşiça, Bostonda özbek SI maktabi oçiladi. Amerikaliklarga özbek mutaxassislar kelib dars beradi.

«Bizning maktab TOP 10 talikda turibdi. Yaʼni AQŞ ham bizning işlarimizni tan olmoqda, mana, Bostondagi maktabga taklif qilişdi, biz kelib dars beramiz», deydi Rauf Nabiyev.

Şuningdek, yaqin fursatda SI yordamida Alişer Navoiy haqida film yaratiladi. Uning taqdimoti esa Amerikada ötkazilişi rejalanmoqda. Birlaşma raisining qöşimça qilişiça, AQŞ tadqiqot instituti bilan ham hamkorlik kelişuvi imzolangan. Unga köra, endi amerikalik tadqiqotçilar Özbekistonga kelib, madaniyat tizimini örganadi va tahlilini beradi.

«Özbeklar emas, amerikaliklar borib, nega bizning teatrimiz avval boşqa darajada edi, hozir şu darajaga tuşib qoldi, nega kinomizni heç kim körmaydi - hammasini tahlil qiladi. Kelgusi 10 yilda masalan, bizning madaniyat tizimimizni nimalar kutyapti, bularni ham aytişadi», deydi u.

Raisning qöşimça qilişiça, eng katta loyihalardan biri ajdodlarimizning qiyofasi SI yordamida qayta tiklanişi mumkin. Lekin buning uçun hukumatdan ruxsat talab etiladi, şuning uçun bu hali taklif bölib turibdi.

SI rivojlangan zamonda uni madaniyatga jalb etiş - qançalik töğri yondaşuv özi?

Birlaşma raisiga köra, kör-körona emas, balki muammolarni yeçiş va yaxşilaş, işni tezlatiş maqsadida qilinsa, SI özini oqlaydi.

«Avvalambor, tuşunçani töğrilaş kerak, bizda SI bilan sabzavotlarni gapirtiriş va şunga öxşaş işlarni qilişyapti. Odamlar ham SI şunga kerak deb notöğri tuşunişmoqda. SI - bu katta imkoniyat. Biz hatto, kino ham olyapmiz», deydi Rauf Nabiyev.

Lekin birlaşma raisi asarlarda hissiyot, did, energiya qolişi kerakligi, şuning uçun ham SI heç qaçon ijoddan ustun kelmasligini ham qöşimça qildi. Uning aytişiça, vaqtida SIni yaxşi rivojlantiriş orqali davlatdan çiqib ketayotgan önlab million dollarlarni jamğarib qoliş mumkin.

«Hamma SI ustida işlab, ilğorlab ketayotgan bir on biz kerakmi-kerak emasmi, deb muhokama qilişimiz örinsiz. Endi ortga yöl yöq», deya qöşimça qiladi u.

Suhbatni Kun.uz'ning YouTube'dagi sahifasi orqali töliq tomoşa qiling.