Joriy yil 2-sentabridan 8-sentabriga qadar Madaniy meros agentligi tizimidagi davlat muzeylari, muzey-qöriqxonalar hamda uy-muzeylarida “Muzeylar haftaligi” ötkaziladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinişiça, uşbu haftalik davomida agentlik tizimidagi jami 114 ta davlat muzeyi va muzey-qöriqxonalariga özbekistonliklar bepul taşrif buyurişlari mumkin.

“Uşbu haftalik tarix, sanʼat va milliy merosimiz bilan yaqindan tanişiş, noyob eksponatlar va qadimiy yodgorliklar haqida yangi maʼlumotlarga ega böliş uçun ajoyib imkoniyat”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Agentlik barçani mazkur haftalik davomida taşkil etilayotgan oçiq eşiklar kuniga taklif etgan.

Maʼlumot uçun, Özbekistonda muzeylar haftaligi 2014-yildan beri har yili 2-8 avgust kunlari ötkazib kelinadi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, haftalik doirasida aholining şu kunlari davlat muzeylariga bepul kirişi belgilangan.