Indoneziyada old oyoqlari rivojlanmay qolgan buzoq odamga öxşab ikki oyoqda yurişni örganib oldi.
Videoda buzoq qişloq köçasi böylab faqatgina orqa oyoqlarida yurganini köriş mumkin. Buzoq öz muvozanatini bazör uşlab turibdi. Buzoq ortidan bir erkak kuzatib, uni yönaltirib turibdi.
Foydalanuvçilar buzoqqa rahmlari kelgan. Ba'zi foydalanuvçilar buzoq qiynalmasligi uçun uni otib taşlaşni yoki protez oyoqqa öxşaş moslama yasab berişni taklif qilişgan.












