11ta sariq kartoçka körsatilgan öyinda «Valensiya» «Alaves»ga yutqazdi, ammo yarim finalga çiqdi

Ispaniya Kubogining çorak finali doirasida «Alaves» «Valensiya»ni mağlubiyatga uçratdi, ammo turnirni tark etdi. Vitoriyadagi «Mendisorrosa» stadionida bölib ötgan öyinning asosiy va qöşimça bölimlari 2:1 hisobida yakunlandi.

Öyinning 73-daqiqasida Munir El-Haddodiy maydon egalarini oldinga boşladi. 4 daqiqa ötib Santyago Lorenso javob golini urdi. Öyin oxirida Ruben Sobrino maydon egalarini yana oldinga olib çiqdi.

Ispaniya Kubogining 1/4 finalida öz maydonida keçgan uçraşuvda «Valensiya» ham  «Alaves» ustidan 2:1 hisobida ğalabaga erişgandi, şu tufayli jamoalar qöşimça bölimlarda ğolibni aniqlaşga harakat qilişdi, ammo boşqa gol urilmadi. Şundan keyin boşlangan penaltilar seriyasida esa mehmonlar jamoasi aniqroq harakat qilişdi — 3:2.

Şu tariqa, «Valensiya» Ispaniya Kubogi yarim finaliga yöl oldi, «Alaves» turnirni tark etdi.

Bungaça «Atletiko»ni mağlub etgan «Sevilya» va «Real»ni sensatsion ravişda ortda qoldirgan «Leganes» yarim final yöllanmasini hal qilgandi. Yarim finalning törtinçi iştirokçisi «Barselona» va «Espanol» öyinida aniqlanadi.

Ispaniya Kubogi
1/4 final
Ikkinçi uçraşuvlar
Alaves – Valensiya 2:1 (0:0, 2:1, 0:0, 0:0), penaltilar böyiça - 2:3
Gollar: 1:0 – 73 Munir, 1:1 – 77 Santi Mina, 2:1 – 86 Sobrino.
Alaves – Sivera, Laguardia, Duarte, Agirregabiria, Eli (Demiroviç, 85), Ibai Gomes (Munir, 72), Pina, Torres, Pedrasa, Sobrino, Gvidetti (Peres, 72).
Valensiya – Domenek, Ruben Vezu, Gayya, Montoyya, Gabriel (Garay, 23), Maksimoviç (Santi Mina, 77), Parexo, Kondogbia, Gonsalu Gedeş, Vetto (Rodrigo, 59), Dzadza.
Penaltilar seriyasi
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 2:3.
Ogohlantirişlar: Torres (48), Maksimoviç (50), Ruben Vezu (61), Pedrasa (66), Kondogbia (79), Munir (80), Parexo (85), Gonsalu Gedeş (93), Pina (96), Duarte (97), Santi Mina (103).
Birinçi uçraşuv: 1:2