Ispaniya hukumati yana 10 ming nafar harbiy xizmatçi va politsiya xodimini suv toşqini oqibatidan jabr körgan Valensiyaga yuboradi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Pedro Sançes ma’lum qildi.

Sançesning sözlariga köra, u mintaqa rahbarining qöşimça 5 ming harbiy xizmatçi yuboriş borasidagi iltimosini qabul qilgan. Şuningek, u Valensiyaga politsiya va fuqarolik gvardiyasidan yana 5 ming kişi jönatadi. Ayni vaqtda tabiiy ofat yuz bergan hududda 2 ming nafar askar qidiruv işlari bilan şuğullanmoqda.

Sönggi ma’lumotlarga köra, Ispaniyada suv toşqinlari oqibatida 211 kişi halok bölgan, rasmiylar qurbonlar soni ortişi mumkinligini kutyapti. «Hozir bedarak yöqolganlar sonini e’lon qiliş ehtiyotsizlik böladi. Minglab insonlar hali ham aloqadan uzilib qolgan hududda qolmoqda. Vaziyatdan kelib çiqib, qurbonlar soni ortişi mumkinligini taxmin qiliş mumkin», — deydi Ispaniya içki işlar vaziri Fernando Frande-Marlaska.

Asosiy vazifa — bedarak yöqolganlarni qidiriş va yöllarni tozalaş

AFP agentligining qayd etişiça, kuçli yoğingarçilik boşlanganidan tört kun ötib, qutqaruv xizmatlari bedarak yöqolganlarni qidiriş va gumanitar yordamlar yetkazilişini yengillaştiriş maqsadida yöllarni tozalaşga e’tibor qaratmoqda. Ta’kidlanişiça, tabiiy ofatdan kamroq jabr körgan hududlar aholisi muhtojlarga kömaklaşişni boşlagan.

Yordam körsatiş xohişi şu qadar köp bölganidan Valensiya hukumati maşinalarning toşqindan jabr körgan munitsipalitetlarga qatnovini töxtatişni buyurdi. Şu bilan birga marodyorlar ham uçrab turibdi: politsiya ma’lumotlarga köra, bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan 50 kişi hibsga olingan.

Halokatli yoğingarçilik

Meteoxizmatlar ma’lumotlariga köra, 30 oktyabr keçasi Valensiyaning qator tumanlariga bir neça soat içida bir metr kvadrat hududga 300 litrdan ortiq yomğir yoqqan. Çiva aholi punktida uşbu körsatkiç 491 litrni taşkil etgan. Bu mintaqada yil davomida kuzatiladigan yomğir miqdoriga teng. Kuçli suv va loy oqimi köpriklar, maşinalar, odamlar va uylarni yuvib ketgan. Suv toşqini oxirgi ön yillikdagi eng kuçlisiga aylandi.

Valensiya hududiy hukumati halokatli aholini yomğirlar oqibatidan juda keç ogohlantirgani uçun tanqid qilinmoqda. Minglab odamlar elektr energiyasisiz qolgan, köplab yöllar harakatlaniş uçun yaroqsiz. Butun boşli tumanlar taşqi dunyodan uzilib qolgan, odamlar içimlik suv va oziq-ovqat yetişmayotganidan aziyat çekyapti. Qidiruv operatsiyalarida inson resurslaridan taşqari, dronlar va maxsus örgatilgan itlardan ham foydalanilmoqda.