Valensiyada norozilik namoyişiga çiqqan minglab ispanlar mintaqa rahbari Karlos Mazon hamda uning hukumati iste’fosini talab qildi. Ular yuzlab insonlar ölimiga sabab bölgan suv toşqinlari vaqtida tezkor çora körmaganlikda ayblanmoqda.

Bu Valensiyada 2024 yil oktyabrdan beri ötkazilgan törtinçi norozilik namoyişidir. Unga 25 mingga yaqin odam töplangan.

Karlos Mazon ispan jamiyatining ulkan bosimi ostida qoldi. Uning ma’muriyati tabiiy ofat töğrisida aholini öz vaqtida ogohlantirmaganlikda ayblanyapti. Fuqarolarga köra, ular suv toşqini şahar köçalarini egallab bölganidan keyingina mobil telefonlari orqali favqulodda holat töğrisida ogohlantiriş xabarlarini olgan.

Konservativ Xalq partiyasi vakili bölgan Mazon, şuningdek, tabiiy ofatga qarşi zudlik bilan çora körmaganlikda tanqid qilinmoqda.

Jabrlanganlarga birinçi bölib köngillilar yordamga kelgan. Mintaqa kuçlari politsiya va harbiylarni jalb etgunga qadar bir neça kun ötib ketgan.

Mazon öz navbatida tabiiy ofat kölamini oldindan aytib bölmasligini va öz ma’muriyati markaziy hukumatdan yetarliça ma’lumot olmaganini bildirgan. Oktyabr oyida yuz bergan suv toşqinlari oqibatida 224 kişi halok bölgan, minglab odamlar boşpanasiz qolgan edi.

Eslatib ötamiz, 30 oktyabrga ötar keçasi Valensiyaning bir neça hududlarida bir neça soat içida bir kvadrat metrga 300 litrdan ortiq yomğir yoğgan. Kiçik Çiva qişloğida bu körsatkiç 1 kvadrat metrga 491 litr yomğirni taşkil etdi. Bu mintaqadagi yillik yoğingarçilikka töğri keladi. Suv va loyning kuçli oqimlari köpriklarni buzdi va odamlarni, maşinalarni va hatto butun uylarni olib ketdi.

Suv toşqinidan katta zarar körgan Valensiya çekkasidagi Payporta şahrining yuzlab aholisi hukumat amaldorlarining taşrifi çoğida norozilik namoyişi ötkazgan, ba’zi namoyişçilar Ispaniya qiroli Filipp va qiroliça Letisiyaga loy otgan edi.