Bu Prezidentning 22.01.2018 yildagi «2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan.  
 
Norma.uz’ning yozişiça, quyidagilar 1.01.2023 yilgaça barça turdagi soliq va majburiy tölovlar tölaşdan (yagona ijtimoiy tölov bundan mustasno) ozod etiladi:

• yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalaştiriş uçun taşkil qilinadigan vençur fondlar;
• vençur fondlardan birgalikda moliyalaştiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar;
• ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsion markazlar, loyiha-konstruktorlik byurolari özlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotişdan (foydalanişga berişdan) olingan daromadlar böyiça;
• yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvçi taşkilotlar bu faoliyatdan olingan daromadlari böyiça.

Ta'kidlab ötiş lozimki, mazkur normani amalda röyobga çiqariş uçun «vençur fond», «yuqori texnologiyali loyiha-startap», «yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvçi taşkilot» tuşunçalarini va ularni belgilovçi alomatlarni hamda tegişli maqomni oliş va tasdiqlaş tartibi va soliq imtiyozlarini qöllaş uçun muhim bölan boşqa mezonlarni qonunçilik darajasida mustahkamlaş zarur. Vençur moliyalaştirişning huquqiy asoslarini işlab çiqiş 2018 yil uçun Davlat dasturining uçinçi yönalişi doirasida rejalaştirilgan (iqtisodiyotni rivojlantiriş va faol tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş).

Ma'lumot uçun: jahon amaliyotida vençur fondi (ing. venture – tavakkalçilik, tavakkalçilikka asoslangan taşabbus) deganda yuqori darajada tavakkalçilik darajasiga ega korxonalarning qimmatli qoğozlari yoki uluşlariga qöyilmalarni amalga oşiruvçi investitsiya fondi tuşuniladi. Qoidaga köra, vençur fondlar innovatsiya kompaniyalari yoki loyihalari (startaplari) bilan hamkorlik qilişga yönaltirilgan böladi.